HIKOYA.

OILA MUQADDAS DARGOH. Vatan oiladan boshlanadi deganlaridek, har bir oila vatan ichidagi kichkina vatandir. Oila har bir insonning muqaddas maskani bolib, unda ota-ona farzandlar bobo-buvi bilan birgalikda yashashimiz bilan zavqliydir. Aka-uka, opa-singillar, barcha qarindosh urug’lar ortasida, mehr muhabbatli, mehr oqibatli bo‘lishimiz kerak. Hayot yo‘li doim tekis ravonmas, o‘nqir chonqirlari ko‘p. Gul tikansuz bo’lmaganidek har kunimiz to‘y bayram bo’lavermaydi, tashvish muammolar xam bo‘lib turadi xayot shunisi bilan ham qiziqarli. Bunday holda yoshi ulug‘ nuroniy bobo buvilarimiz nasihatlariga quloq tutib amal qilishimiz kerak buni kelajak yosh avlodga yetkazishimiz bizning burchimizdir. Farzandlarimizni ota onaga mehribon, raxmat keltiradigan yuzlarimizni yorug‘ qiladigan, kasb-hunar egasi yoki ilmli inson qilib tarbitalashimiz darkor. Ayniqsa hozirgi davrda yosh oilalarga farzand tarbiyasiga katta etibor berishlari kerak, beshikdagi bolaga alla aytib uxlatsalar bolaning sog’ligiga ham, ma'navitatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Farzandlarimizga internetdan tog‘ri foydalanish uni zararli oqibatlari haqida ham tushuntirishimiz kerak. Ayniqsa oilada qiz farzandga o‘zbekona mintalitet ruhida tarbiyalash gozal xulq chiroyli odob iffat sohibasi, bo’lajak oila bekasi sog‘lom ona qilib tarbiya va voyaga yetkazish muhimligini hayotiy misollar bilan tushuntirishimiz kerak. Oila munosabatlarida oila boshliqlari vazminlik bilan, sabr bilan ish olib borishimiz kerak. Qaynona kelin munosabatlari bilmaganini o’rgatsh odob-axloq, izzat hurmat haqida tushunchalar berishimiz kerak. Ajrimlarni oldini olib oilaviy qadriyatlarni mustaxkamlash zarur. Zero sog’lom onadan so’glom farzand dunyoga keladi. Oilada sog’lik bo’lsa tinchlik va totuvlikka erishiladi. Buxoro viloyati Peshko‘ tumani Obidxo‘ja MFY otinoyisi QO‘ZIYEVA NORBIBISH