21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Vaqt: 2025-10-17
Bugun politexnikumimizda yurtimizning faxri bo‘lgan ona tilimiz — O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda. Til — millatning ruhi, xalqning o‘zligidir. O‘zbek tili bizni birlashtiradi, tariximiz va madaniyatimizni avloddan avlodga yetkazadi.O‘quvchilarimiz ona tilimizga bag‘ishlab she’rlar o‘qishdi, hikmatli so‘zlar aytishdi va o‘zbek tilining go‘zalligi haqida fikr almashishdi.Keling, ona tilimizni e’zozlaylik, uni yanada boyitaylik va ardoqlaylik!