Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi.

Viloyat hokimligining 2025-yil 4-yanvardagi 06-8-sonli topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to’g’risida” gi PQ-462-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 28-yanvar kuni Peshku tuman 1-son politexnikumida Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi M.Choriyeva, ARM xodimi Sh. Muqimova, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari N.Andayev hamda o’quvchi-yoshlar o’rtasida tadbir o’tkazdi. Ushbu tadbir millat fidoiysi bo’lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag’ishlab o’tkazildi. Ma’ruzachi tomonidan Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodidan na’munalar keltirildi. Bu insonni yana bir buyuk xizmati shundan iboratki, Mahmudxo‘ja Behbudiy o’z hisobidan maktablar ochgan, alifbo va boshqa darsliklar chiqargan, bu harakatlar orqali xalq ma’rifatiga sarmoya kiritgan,eng muhimi Samarqandda aynan yangi qarashdagi ziyolilar hamkorligida milliy matbuotga tamal toshi qo’yilib, tahririyat atrofida Markaziy Osiyoning turli mintaqalaridan ijodkorlar kelib faoliyat ko’rsatganlar hamda “Hurriyat,“Kambag’allar tovushi”, “Mehnatkashlar o’qi” kabi ko’plab nomlarda gazetalar chopetilgan . Mahmudxo’ja Behbudiy Turkistonda “Padarkush” dramasini yozdi va bu asarning ommalashuvi orqali xalqqa teatr ibratxona ekanligini tushuntira oldi. Davlatimiz rahbari ushbu qaror orqali bugungi davr uchun Behbudiy g’oyalari, bu allomaga o’xshash fidoyi ziyolilar nechog’liq zarur ekanligini ishora qilmoqda. Negaki, millat, ma’rifatiga sarmoya kiritish, uni qo’llab quvatlash zamonamizning eng savobli ishlaridan biridir.Mahmudxo’ja Behbudiy ijodi va hayoti yo’lini puxta o’rgangan professor Begali Qosimov edi. Bugungi kunda jadidlar faoliyatini keng tadqiq qilayotgan olimlar ham bu jadid bobomiz millat yo’lida nechog’li ulug’ ishlarini qilganligini ta’kidlaganliklari aytib o’tildi. Mazkur tadbirda o’quvchi-yoshlargaongi va qalbiga ilm, ma’rifat, hurlik kuychisining yurt istiqloli, ma’rifat yo’lida jonini fido qilgan jadidlar nomi mudom har bir inson qalbida mangu yashashini hamda ularning faoliyati va ijodiga qiziqish, undan bugungi o’zbek jamiyati va ma’rifatini rivojlantirish yo’lida samarali foydalanish g’oyat dolzarbligi tushuntirib o’tildi. Peshku tuman 1-son politexnikumi direktori: V.Z.Qahhorov