Peshku tuman 1-son politexnikumida “Ona tili – millatning ruhidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2025-yil 15-aprel kuni Peshku tumanidagi 1-son politexnikumida “Ona tili – millatning ruhidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir ona tilimiz – o‘zbek tilining jamiyatdagi o‘rni, uning tarixiy ildizlari va yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatini keng yoritish maqsadida o‘tkazildi. Davra suhbatida o‘quvchilar, ustozlar, mahalliy ijodkorlar va tilshunoslar ishtirok etdi. Dastlab, tadbirni politexnikum direktorining o‘rinbosari kirish so‘zi bilan ochib, ona tilining millat taraqqiyotidagi o‘rni, uni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimiz ekanini ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra ishtirokchilar tomonidan quyidagi mavzular atrofida fikr almashildi: O‘zbek tilining boy leksikasi va ifoda imkoniyatlari Til – millat ma’naviyati va ruhiyatining asosi Ona tilini sevish va uni ardoqlash yoshlar burchi sifatida Buyuk mutafakkirlar ijodida ona tilining ifodasi Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, ona tiliga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shu bilan birga, tilimizni asrash va rivojlantirishga qaratilgan taklif va mulohazalar ham ilgari surildi. Yakunda suhbat qatnashchilari tomonidan ona tilimizni yanada chuqurroq o‘rganish, so‘z boyligimizni oshirish, tilda soflikka rioya qilish kabi fikrlar umumlashtirildi. Tadbir iliq ruhda, yuksak ma’naviy kayfiyat bilan yakunlandi.