Mahmudxoʻja Behbudiyning “Padarkush”,“Vasiyatnoma”asarlari mutolaa kechasi

Peshku tuman 1-son politexnikumida o’quvchi yoshlar o’rtasida jadidshunos olim Mahmudxoʻja Behbudiyning “Padarkush”,“Vasiyatnoma”asarlari mutolaa kechasi o’tkazildi. Keshada tarix fani o’qituvchisi M.Avezova, M.Niyozov, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi G.Fazliddinova hamda Axborot kutubxonachisi Sh.Muqimova, M.Adizovalar ishtirok etdi. Politexnikum tarix fani o’qituvchisi M.Niyozov so’zga chiqib Mahmudxoʻja Behbudiy buyuk ma’rifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaganligi, milliy dramaturgiyamizning birinchi namunasi bo‘lgan “Padarkush” XX asr o‘zbek adabiyoti tongida yorug‘ yulduz sifatida yosh ijodkorlarga nurli yo‘l ochadi. “Padarkush” daramasi ta’sirida Avloniyning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Badriyning “Juvonmarg”, “Ahmoq”, Hoji Muyinning “Ko‘knori”, “Eski maktab – yangi maktab”, Hamzaning “Zaharli hayot” singari o‘nga yaqin pesalarning yaratilishi o‘zbek adabiyotining boyishiga xizmat qilishi to’g’risida o’quvchi yoshlarga ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng o’quvchilar “Padarkush”,“Vasiyatnoma”asarlaridan qisqa mazmunda mutolaa qildilar.