Nazm va navo

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ijodiy merosini targ’ib qilish, uning asarlarida ilgari surilgan ezgu umumbashariy g’oyalarini yoshlar va keng ommaga etkazish maqsadida Peshku tuman 1-son politexnikumida o’quvchi yoshlar o’rtasida shoir g’azallari asosida “Nazm va navo” kechasi o’tkazildi.O’quvchi yoshlar o’zlarining iqtidorlarini namoyish etib, buyuk ajdodlarimizning asarlarini yangi avlodga tanitishda muhim rol o’ynadilar. Joriy yilning 8-fevral kuni Peshku tumani "Navoiy" MFY hududida joylashgan 46-umumiy o‘rta ta'lim maktabida so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy byusti poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tuman hokimi, H.H.Davlatov, pedagog xodimlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.