Davlat madhiyasi – millatning ruhi va birlik ramzi

Peshku tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda kasb-hunar maktabi direktori V.Qahhorov so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Madhiyaning matni taniqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, musiqasi esa bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan. Madhiyada xalqimizning buyuk o‘tmishi, mustaqillikka erishish yo‘lidagi kurashi va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonchi o‘z aksini topgan. Davlat madhiyasi – bu nafaqat kuylanishi, balki ma’nosi bilan yuraklarda jo‘shqinlik uyg‘otadigan milliy ramzdir. Madhiyaning so‘zlarida Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat, xalqimizning yuksak maqsadlari, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intilishi mujassam. Bu qo‘shiqning har bir satri xalqimizning orzu-umidlari va jasoratini tarannum etadi. Davlat madhiyasi milliy tarbiya vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. U yosh avlodda Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, milliy iftixor va birlik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Har kuni o‘quv muassasalarida va muhim tadbirlarda madhiyani ijro etish orqali yoshlar davlat ramzlariga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalanishi haqida gapirib berdi. Davlat madhiyasi – bu millatning yuragi, Vatan erkinligi va yuksak maqsadlarining musiqiy ifodasidir. Uni sevish va hurmat qilish har bir fuqaroning burchidir. Madhiyani kuylash orqali biz Vatanimizning porloq kelajagini ko‘zlab, xalqimizning birligi va g‘ururini ulug‘laymiz.