Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabida "Ma’naviyat soati" tadbiri

Vaqt:2024-11-29
...

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 1-noyabrdagi 3/15-12-400-sonli topshirig’iga ko’ra O’zbekistonda bolalar mehnatiga barham berishda taraqqiyotni kechiktiradigan amaliyotlarni, jumladan ipak qurti boqish, ekin ekish uchun yer tayyorlash, chorva mollarini parvarishlash, ko’cha ishlari, savdo, ovchilik, avtomobil yuvish, shinalarni ta’mirlash, tijorat, jinsiy ekspuluatatsiya (ba’zan odam savdosi natijasida), tilanchilik, qurilishda majburiy mehnat, parklar, ko’chalar va binolarni tozalash, noqonuniy faoliyatda foydalanish kabi holatlar davom etayotgani uchun “ minimal” taraqqiyot baholari bo’lgan davlarlar qatoriga kiritilgani ma’lum qilingan. Joriy yilning 29-noyabr kuni Peshku tuman 1-son kasb-hunar maktabida “Biz majburiy mehnatga qarshimiz” mavzusida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Ma’naviyat soatini kasb-hunar maktabi tarix fani o’qituvchisi M.Avezova, M.Niyozov,A.Polvonovlar tomonidan o’tkazildi. O’tkazilayotgan ma’naviyat soati davomida o’quvchilar o’rtasida bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish zarurligi, ayniqsa, og’ir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish, bolalarga mehnat qilishga majbur qilinganda, ularning ta’lim olish imkoniyatlari cheklanishi, bolalarning jismoniy va ruhiy holati buzulishiga olib kelishi haqida soha mutaxasislari tomonidan tushuntirib berildi. Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan. “Siyosiy-maʼrifat soati” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.