"Xon atlas" festivali

Vaqt:2024-09-13
...

Oʻzbek milliy liboslariga mehr uygʻotish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda oʻzbekona madaniyatni yuksaltirish maqsadida Peshku tuman 1-son kasb hunar maktabida keng doirada "Xon atlas" festivali tashkillashtirildi. estivaldan koʻzlangan maqsad yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizni, anʼanalarimizni milliy liboslarimiz goʻzalligi va jozibasini yetkazib berishdan iborat. Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan festival milliy kuy-qoʻshiq va raqslarga boy o'tdi.